Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018 yilning 19 may kuni soat 12:00 da Institutimizning katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Akademigi, texnika fanlari doktori, professor, Mirziyod Mirsaidovich Mirsaidov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

     Akademik Mirziyod Mirsaidovich Mirsaidov DSc 28.02.2018.T/FM.61.01  raqamli ilmiy kengash raisi bo’lib, ushbu kengashda «Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi», «Suyuqlik va gazlar mexanikasi»,  «Mashinalar mustahkamligi dinamikasi» ixtisosliklari bilan bog’liq bo’lgan dissertatsiyalar himoya qilinadi.

     Seminarda Mirziyod Mirsaidovich Mirsaidov so’z olib, yurtimizda barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, yosh olimlar va iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatini yanada jonlantirish borasida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdi. SHuningdek, notiq tomonidan yurtimizda mexanika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yutuq va kamchiliklar, o’z yechimini kutayotgan muammolar haqida ham ta’kidlab o’tildi.

     Andijon mashinasozlik institutining ilmiy ishlar bo’yicha  prorektori B.Mamajonov akademik Mirziyod Mirsaidovich Mirsaidovga  institut nomidan o’z minnatdorchilik bildirib, tadbirda institut professor-o’qituvchilari, magistrantlari, talabalar uchun kerakli ma’lumotlar berilganligi, bu esa ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy  faoliyatida katta samara berishini bildirdi.

     Seminardan so’ng akademik institut axborot-resurs markazi faoliyati va doktorant va izlanuvchan talabalarning innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.

     Uchrashuv davomida Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari, magistrantlari va  talabalari  o’zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.