Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 19 may kuni Andijon mashinasozlik institutiga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Madjidov Inomjon Urishevich tashrif buyurdi.

       Tashrif avvalida Vazir I.Madjidov institutda tashkil etilgan Kitob do’koni faoliyati bilan tanishib, adabiyotlar bilan ta’minlash, ularni klassik va mutaxassislikka oid adabiyotlar bilan yanada boyitish borasida taklif va tavsiyalar berdi.

       Shundan so’ng, Vazir I.Madjidov institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning texnik ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan suhbat o’tkazdi hamda iqtidorli talabalarning kelajakdagi innovatsion loyihalarini amalga oshirish bo’yicha o’zining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi va ko’rsatmalar berdi.

       Shuningdek, Vazir I.Madjidov talabalarni o’z mutaxassisliklari bo’yicha bilim olishlari uchun institutni adabiyotlar bilan ta’minlanganligi bilan tanishdi va kelajakda institutni qanday adabiyotlar bilan ta’minlash kerakligi xususida iqtidorli talabalar tomonidan bildirilgan takliflari va fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.

       Tashrif davomida Vazir I.Madjidov institutda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim berish jarayonlari va o’quv-laboratoriya xonalarining jihozlanish holatlarini ko’zdan kechirdi va talabalarga bilim berishda innovatsion texnologiyalardan yanada kengroq foydalanish, kerakli va qo’shimcha laboratoriya jihozlarini sotib olish va undan samarali foydalanish yo’nalishida ko’rsatma va tavsiyalar berdi.