Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

        “Mashinasozlik” fakulteti “Avtomobilsozlik” kafedrasining O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27-iyulda qabul qilinganOliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3151- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda qabul qilingan “5+1” modeli asosida amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish to`g`risidagi nizomiga asosan, ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari  bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Institut pеdagoglari, doktorant va magistrlari, iqtidorli talabalar guruhlari hamda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo`nalishi 1-3-kurs talabalariga fakultetning ma`ruzalar zalida 2018-yil 12-may kuni “GM-Uzbekistan” AJ ning “Xodimlar bopshqaruvi direksiyasi tashkiliy rivojlantirish bo’linmasi” boshlig’i Sh.Yuldashev  va “GM-Uzbekistan” AJ ning “Texnologiya va texnik xizmat” direksiyasi bo’lim boshlig’i B.B.Uraimov bilan birgalikda “Texnologiya va texnik xizmat” ko’rsatish mavzusida seminar mashg`ulotini o`tkazdilar.