Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining modemnomasi hamda Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasining rasmiy xatiga asosan Kaliforniya Universiteti professori Curt Schurgers Andijon mashinasozlik institutiga tashrifi kutilmoqda. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad professor Curt Schurgersning Andijon mashinasozlik instituti professor o’qituvchilari uchun hamda talabalar uchun maxsus seminar va workshoplar o’tkazib berishidir. Ushbu seminar Robototexnika fanini o’qitish metodikalari mavzusida bo’lib, robototexnika soxasidagi yangi texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlariga tadbiq etish bo’yicha muhokamalarni o’z ichiga oladi. Seminar joriy yilning 21-may kuni bo’lib o’tadi.

 

Batafsil ma’lumotlarni institutning xalqaro aloqalar bo’limidan olishingiz mumkin.