Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

15-MAY XALQARO OILA KUNI munosabati bilan institutning katta anjumanlar zalida institutning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Nurli kelajak” jamoasi ishtirokida tadbir o’tkazildi. Tadbirda Olima ayollar uyushmasining raisi, dekan o’rinbosarlari, xotin-qizlar qo’mitasi yetakchilari, professor-o’qituvchilar va talabalar qatnashdilar.

     Tadbirni institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisi R.Yusupova ochib berdi. Yurtboshimiz tomonidan oilalarga berilayotgan e’tiborni yildan-yilga ortib borayotganligi, uning a’zolari ma’naviyatini yuksak darajaga olib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, shu asnoda, mamlakatimizda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oilani mustahkamlash, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularni xar tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi, bu kabi sa’yi-harakatlar yurtimizda sog’lom avlodning shaklanishi va oilalar mustahkamligining jamiyatda keng qaror topishiga asos bo’lib xizmat qilayotganligi haqida gapirdi.

Jamoa o’z chiqishlarini musiqiy tabrik bilan boshlab berdi.

 

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksidagi moddalarga asoslangan xolda 1-shartda sahna ko’rinishlari namoyishi bilan o’zlarini tanishtirdilar.

2-shart bo’yicha xakamlar hayati tomonidan tayyorlangan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga oid savollarga jamoa a’zolari tomonidan javoblar berildi.

3-shart bo’yicha oiladagi muammolar va uni yechimlari bo’yicha sahna ko’rinishlari namoyish qilindi. Jamoa o’z chiqishlari bilan yig’ilganlarni xushnud qildi.

     Tadbir haqida yig’ilganlar o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. Yosh oilalarda yuz berayotgan muammolar va ularning yechimlari haqidagi chiqishlari barcha yig’ilganlarni e’tiborini tortdi.Tadbirning yakuniy qismida tadbir ishtirokchilarini institut rektorining sovg’alari bilan taqdirladilar.