Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

  

“SOG’LOM OILA-JAMIYAT BOYLIGI” shiori ostida Andijon viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi boshchiligida tashkil etilgan Andijon-Asaka yo’lida o’tkazilgan velotur marafonida institutda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o’qituvchilar va talaba qizlar ham qatnashdilar.

       Velotur musobaqasi ob-havo injiqligiga qaramasdan ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Musobaqada Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot vakillarining xotin-qizlaridan iborat jamoasi qatnashdilar. Musobaqa g’oliblari va faol ishtirokchilarni Andijon viloyati xokimining o’rinbosari Xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.P.Yunusova qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirladi.

     “Mashinasozlik” fakulteti MSMSM yo’nalishi talabasi Mo’minova Maftuna Andijon viloyati televideniyasi xodimlariga musobaqani ko’tarinki ruh va a’lo kayfiyat bilan o’tkizilayotganligi hamda a’lo darajada tashkil etilganligi uchun tadbirning tashkilotchilari Andijon viloyati Xotin-qizlar qo’mitasiga institut jamoasi nomidan o’z minnatdorchiligini bildirdi.

      Musobaqa yukunida “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti “MYAMT” yo’nalishi talabasi Maxmudova Gulshoda va “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti “MTMICHA” yo’nalishi talabasi Akromjonova Dilobarlar viloyat xokimining “Galabaga bo’lgan ishonchi uchun” nominasiyasidagi faxriy yorliq va esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar. SOG’LOM AYOL SOG’LOM OILA DEMAKDIR. Onalari sog’lom yurtning kelajagi barqarordir.