Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi “Zulfiyaxonim qizlari” klubini yuritish bo`yicha qarorining maqsadi va mazmun mohiyatini ochib berishga mo’ljallangan davra suhbati talaba qizlar istiqomat qiluvchi yotoqxonada kunning ikkinchi yarmida bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekan o’rinbosari G.Yusupova, “Qizlarjon” klubi rahbari S.Ataxonova, yotoqxona pedagog tarbiyachilari D.Rahmonova, B.Yaqubova va talaba qizlar qatnashdilar.

Institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzod etilgan qizlar a’zoligida “Zulfiyaxonim qizlari” klubi faoliyatini yuritish bo’yicha ishlab chiqilgan Nizom asosida guruhni shakllantirib olish kerakligini aytdi. “Zulfiyaxonim qizlari” klubi a’zolari va taniqli shoirlar ishtirokida O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova hayoti va ijodiga bag’ishlangan mushoira kechalarini tashkil qilish kerakligini, shu bilan birga hududlarda ochilgan “Ijod maktablari”dagi ijodiy uchrashuvlarda klub a’zolari ishtirokini to’la ta’minlab borishni “Qizlarjon” klubi rahbari S.Ataxanovaga  yetkazdi.

“Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekan o’rinbosari G.Yusupova so’zga chiqib, “Qizlarjon” klubiga barcha qizlar a’zo bo’lishligini so’radi. Ertaga bo’lg’usi oila bekalari, bo’lg’usi onalar va mamalakatning yetuk kadrlari bo’lish uchun tinimsiz mehnat va izlanishlar olib borish kerakligi haqida va to’garak faoliyatini jonlantirish uchun har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Qizlarjon” to’garagini rahbari S.Ataxonova qizlarni tayyorlab kelgan ijod namunalarini faxr bilan barchaga ko’rsatib, institutda ochilgan kitob do’konidan nodir namunalarga boy kitoblarni olib o’qishni tavsiya qildi. Mushoira kechasini birinchi bosqichini aynan shu yotoqxonada o’tkazishni taklif etdi. She’riyatga oshno qalb egalari institutda taxsil olayotgan barcha qizlar ichidan talaygina chiqishiga ishonch bildiraman deb so’zini yakunini o’z ijodiga mansub bo’lgan she’ri bilan yakunladi.

Suhbat yakunida R.Yusupova yig’ilganlarga 03.05.2018 yil kuni 7×7 gazetasida e’lon qilingan 80 yoshli onajoni Munisxon Maxmudovaning hamkasbi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqovaning porloq xotirasiga bag’ishlangan she’rini o’qib eshittirdi. Bu bilan nima demoqchi inson necha yoshda bo’lishidan qat’iy nazar ijod qilishi mumkin ekan. Talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar berildi.

Davra suhbatidan so`ng ularni yotoq joylari va dars xonalari va boshqa foydalanish maskanlari ko`zdan kechirilib,  ular tozalikka qat`iy rioya qilishliklari shu bilan birga yotoqxonadagi shart-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligini aytildi. Talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar berildi.