Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 14 may kunidan boshlab Institutning barcha bitiruvchi bakalavriat yo’nalishlari talabalari uchun “O’zbekiston tarixi” fanidan Yakuniy Davlat attestatsiyasi komissiyasi o’z ishini boshladi. SHu kuni Mashinasozlik fakultetining Avtomobilsozlik va traktorsozlik yo’nalishi talabalari to’rt yil davomida O’zbekiston tarixi, Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari hamda Prezident asarlari va nutqlari bo’yicha egallagan bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

Attestatsiya sinovlarini institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov va O’zbekiston tarixi fanidan Yakuniy Davlat attestatsiyasi raisi, O’zFA Arxeologiya institute bo’lim mudiri t.f.d. professor B. Matboboyevlar ochib berdi. Shuningdek kafedra mudiri M. Karimova so’zga chiqib bitiruvchilarga Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovida omad tiladi.

“O’zbekiston tarixi” fanidan Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlari 14 may kunidan 19 maygacha davom etadi.