Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 12 may kuni soat 10:00 da Andijon mashinasozlik institutining asosiy binosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sport masalalari bo’yicha davlat maslahatchisi Qosimov Rustam Sobirovich topshiriqlari asosida  2018/2019 o’quv yili uchun Davlat ta’lim standartlari, Malaka talablari va o’quv reja loyihalarini muhokama qilish maqsadida institut kafedralari hamda Andijon viloyatidagi «O’zavtosanoat» AKga tegishli  «GM-Uzbekistan» AJ, «Uz SaeMyung Co», “Uz-Koram Co”, O’z-Dong YAng Ko» qo’shma korxonalari, «Andijon hududiy  elektr tarmoqlari korxonasi» «Uzavtotrans» agentligi Andijon viloyat boshqarmasi va AndijonMASH», Andijon mexanika korxonasi kabi 15 tadan ortiq kadrlar is’temolchilari bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan uchrashuv-seminar boshlandi.

Institut rektori Salomov O’ktam Raximovich yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sport masalalari bo’yicha davlat maslahatchisi Qosimov Rustam Sobirovich topshiriqlari asosida  Xorijiy tajribalar tahlilidan kelib chiqib o’quv rejalardagi fanlarni optimallashtirish va yiriklashtirish hisobidan sonini kamaytirish, talabalarning o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari davomiyligini oshirish (mavjud 24 haftadan 30 haftagacha), talabalarning haftalik o’quv soatlari xajmini mavjud 32-34 soatdan 30 soatga tushirish  bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda seminar ishiga  muvaffaqiyat tiladi.

         Seminarning ikkinchi qismida yo’nalish kafedralari va ishlab chiqarish korxonalari vakillari birgalikda  konkret har bir yo’nalish o’quv rejalarini ishlab chiqish bo’yicha o’z ish faoliyatini boshladi.