Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Andijon viloyat hokimligining 2018 yil 2 maydagi 11/05-47-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 2018 yil 11 may kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom bilan uchrashuv o’tkazildi.

        Uchrashuv avvalida O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom institutning ochiq kutubxonasida talabalar bilan suhbat olib bordi hamda adib muallifligida chop etilgan adabiyotlardan ijodiga oid namunalar o’qib berdi.

       Uchrashuvni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov kirish so’zi bilan ochib, barchani instituga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi hamda so’z navbatini O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari X.Kuchkarovaga berdi.

       X.Kuchkarova o’z so’zida, O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizomning hayotiy faoliyati, ijod etgan asarlari hamda faol ijodkor sifatida uzoq yillardan buyon ma’naviyatimiz ravnaqi yo’lida xizmat qilib kelayotgan adib ekanligi bois davlatimiz tomonidan “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlanganligi,  buyuk ajdodlarimizni ulug’lovchi yirik asarlari uchun xalqaro Bobur va CHo’lpon mukofotlariga ham sazovor bo’lganligi to’g’risida gpirdi.

      Shuningdek, uchrashuvda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Qamchibek Kenja va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limining bir qator a’zolari ishtirok etdilar hamda uchrashuvda so’zga chiqib, o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

       Uchrashuvda institut dotsenti A.Abdurahmonov so’z olib, institut jamoasi nomidan O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizomni muborak 80 yoshi bilan tabrikladi hamda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov bilan birgalikda adibga institutning esdalik sovg’alarini topshirdilar.

       Uchrashuv tadbirida 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 196 nafar talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.