Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 10 may kuni soat 17-30da institutning katta anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni Institut rektori Salomov O’ktam Raximovich olib bordi.

Mazkur yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Andijon viloyati uchun mas’ul vakili Bobur Baxromovich Jalolov ham qatnashib, Innovatsion rivojlanish vazirligining hozirgi kunda olib borayotgan faoliyati haqida to’xtalib o’tdi va institutda fan, innovatsion rivojlanish sohasida yosh pedagoglar olib borayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Institut rektori Salomov O’ktam Raximovich Vazirlikning 07.05.2018 yildagi 87-01-294-sonli xatidan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 2018 yil 08 mayda bo’lgan yig’ilishda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3698 sonli  qarori bilan institut faollarini tanishtirdi va Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar xususida Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlariga konkret topshiriqlar berdi.

Yig’ilishda Prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.