Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Tadbirni Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektor Akmaljon Ermatov olib bordi. Uchrashuvda mehmon sifatida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Andijon viloyatidagi vakili Bobur Jalolov ham qatnashdi. Vakil yosh olimlar uchun vazirlik tomonidan ko’rsatilishi mumkin bo’lgan qo’llab-quvvatlashlar haqida ma’ruza qilar ekan, yig’ilganlarga ilmiy izlanish yo’lida duch kelayotgan muammolari haqida batafsil axborot berishlarini ta`kidlab o’tdi.

Shundan so’ng institut professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan olib borilayotgan 40 ga yaqin ilmiy ishlari vakilga taqdimot sifatida ko’rsatildi. Har bir taqdimotni diqqat bilan kuzatgan vakil, mazkur ishlarning ahamiyati haqida to’xtalib, amalga oshirilish jarayonida vujudga kelayotgan muammolar haqida axborot oldi hamda ushbu muammolarning yechimini vazirlik miqyosida hal qilish mumkinligini aytdi.

Tadbirda «EEE» kafedrasi assistenti A.Shukraliyev, «MICHA» kafedrasi katta o’qituvchisi A.Yusupov, «AT» kafedrasi assistenti O. Tursunov, «UTF» kafedrasi katta o’qituvchisi B.Bekqulovlarning ilmiy g’oya, loyiha va ishlanmalari keng va qizg’in muhokama etildi.

Bo’lib o’tgan yig’ilishda savollar bilan birga ko’plab takliflar, innovatsion ishlanma va g’oyalar ham ko’tarildi. Bundan tashqari innovatsion markaz faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha OTM talabalari hamda yosh olimlar bir qatorda o’zlarining fikr-mulohazalari, takliflari bilan o’rtoqlashdi.