Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 7 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan  Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda taqdim etilgan ro’yxat asosida Vatanimizning bugungi musaffo va yorug’ kunlarga yetib kelishida o’zining mislsiz jangovor mehnat-u, jasoratlarini namoyon etgan va xizmat vaqtida xalok bo’lgan kichik serjant Otabekov Anvarjon Mashrabbekovichning xonodoniga institut rektori U.R.Salomov boshchiligida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekanati professor-o’qituvchilari tashrif buyurdilar.

       Institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti «Fizika va kimyo» kafedrasi katta o’qituvchisi A.Yusupov Ulug’ vatan urushi hamda Vatanimiz tinchligi, farovonligi yo’lida qaxramonlarcha jon fido etgan insonlar to’g’risida, ularning xotirasi xar birimizning qalbimizda abadiy yashashi va bunday o’g’lonlarni xech qachon unutmasligimiz borasida fikrlar bildirdi.

       Shundan so’ng bayram tuxfasi sifatida xonadon sohiblariga sovg’alar topshirildi hamda mazkur xonadonda o’tgan insonlar ruhi-pokiga Qur’on tilovot qilindi.