Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 87-04-598-sonli modemnomasiga asosan Andijon mashinasozlik institutida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Vatan o’z fidoiy o’g’lonlarini unutmaydi” shiori ostida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar xonadonlariga tashriflar o’tkazilmoqda.

      2018 yil 7 may kuni institutning Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani T.Turg’unov rahbarligida, dekan muovinlari M.To’lanov, G.Yusupova hamda bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan marhum harbiy A.Kuchkanovning xonadoniga tashrif uyustirildi.

     Tashrif davomida A.Kuchkanovning ota-onasi va yaqinlari bilan dildan suxbatlashildi hamda xalqimiz A.Ko’chkanov kabi mard o’g’lonlarning jasoratini hech qachon unutmasligini ta’kidladilar.

      Shu bilan birga xonadon soxiblariga institut rektori U.Salomovning bayram tabrigi va esdalik sovg’alarini yetkazdilar. A.Kuchkanovning otasi Asqarali Kuchkanov tashrifdan juda xursand ekanligini hamda Prezidentimiz va hukumatimiz xalq farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan barcha jarayonlardan mamnun ekanliklarini va o’zlarining minnatdorliklarini izhor etdilar.