Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 87-04-598-sonli modemnomasiga asosan Andijon mashinasozlik institutida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Vatan o’z fidoiy o’g’lonlarini unutmaydi” shiori ostida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar xonadonlariga tashriflar o’tkazilmoqda.

     2018 yil 7 may kuni institutning Mashinasozlik fakulteti dekani M.Qo’chqarov rahbarligida dekan muovini R.Otaxonov, SH.To’ychievlar hamda fakultetda tahsil olayotgan bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan Andijon viloyati, Izboskan tumani, “Paytug” jamoa ho’jaligida istiqomat qilgan, marhum G’ofurov Abdusattor Omonovichning xonadoniga tashrif uyushtirildi.

      Tashrif davomida marhum A.G’ofurovning yaqinlari bilan dildan suxbatlashildi hamda xonadon sohiblariga mard o’g’lonlarning jasorati hamisha xalqimiz ongi va qalbida hech qachon unutmasligini ta’kidladilar.

     Shuningdek, xonadon soxiblariga institut rektori U.Salomovning bayram tabrigi va esdalik sovg’alari topshirildi. Xonadon sohiblari ushbu amalga oshirilgan tashrifdan mamnun bo’lganligini va Prezidentimizning xalq farovonligini yanada oshirish yo’nalishida olib borayotgan oqilona siyosatidan xursand ekanliklarini bildirdilar.