Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 06 may kuni soat 11-00 da institutning kichik anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni Institut rektori Salomov O’ktam Raximovich olib bordi.

Institut rektori Salomov O’ktam Raximovich yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sport masalalari bo’yicha davlat maslahatchisi Qosimov Rustam Sobirovich topshiriqlari asosida  Xorijiy tajribalar tahlilidan kelib chiqib o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha TIMI, ToshDAU va SamVTI ishlab chiqqan takliflarini o’qib eshittirdi.

Berilgan takliflar asosida institutdagi mavjud ta’lim  yo’nalishlari va mutaxassisliklariga 2018/2019 o’quv yili 1 kursi uchun o’quv reja loyihalarini bir hafta muddatda xizmat ko’rsatuvchi kafedralar, kadrlar buyurtmachilari, televideniyeni ham jalb qilgan holda ishlab chiqish bo’yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga konkret topshiriqlar berildi.

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov Vazirlikning 04.05.2018 yildagi 87-01-287-sonli xatidan kelib chiqib 2018/2019 o’quv yili qabul rejasi uchun institutning kadrlar iste’molchilari ro’yxati va ularga taqsimlanadigan talabalar soni bo’yicha Marketing bo’limining korxonalar ning kadrlarga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib tayyorlagan ma’lumotini tanishtirdi.

Yig’ilishda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.