Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 7 may kuni Institutda barcha bakalavriat yo’nalishlari talabalari uchun Xorijiy (ingliz tili) fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlandi. SHu kuni Mashinasozlik fakultetining Avtomobilsozlik va traktorsozlik yo’nalishi talabalari to’rt yil davomida ingliz tilidan egallagan bilimlarini yana bir sinovdan o’tkazdilar.

Attestatsiya sinovlarini institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov va Xorijiy (ingliz tili) fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi raisi, Andijon davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti M.Abduvaliyev ochib berdi.

Institutimizning 2017-2018 o’quv yilidagi bitiruvchilarida barcha yakuniy davlat attestatsiyasiga omad tilaymiz.