Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O`zbekiston davlat jaxon tillar universiteti xuzuridagi Chet tillarni o`qitishning innovasion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan AQShning Jorjiya universiteti mutaxassisi Devid Kiesa ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalari chet tillari o`qituvchilari malakasini oshirish kurslarini takomillashtirish” (Designing a New Scheme to Enhance Higher Education In-Service Training Program in Uzbekistan) loyixasi dasturi asosida institutimizdan O’zDJTUda malaka oshirgan o`qituvchilarning keyingi faoliyatini o`rganish maqsadida assistent I.Nishonov va X.Maksudovalarning dars mashg’ulotlari tahlil qilindi. Dars mashg’ulotlari 4 may kuni 2-smenada Iqtisodiyot yo`nalishi 1-kursda o`tkazildi. Ochiq darsda O`zDJTU xuzuridagi Chet tillarni o`qitishning innovasion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi xodimi, Mashinasozlik technologiyasi fakulteti dekani M-A.Eshonov va “Xorijiy tillar” kafedrasi o`qituvchilari ishtirok etdilar.