Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon viloyati hokimligi va Germanyaning GOETHE INSTITUTI bilan hamkorlikda Andijon shahrida joylashgan O’lkashunoslik muzeyida ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazma “UMDENKEN” deb nomlanadi. Unda Andijon mashinasozlik instituti Avtomatika fakulteti EEE yo’nalishi 2-kurs 215-216-guruh talabalari va ustozlar ishtirok etdi.

Ko’rgazmada janob Yan Xelver so’zga chiqib yig’ilganlarga o’zini minnatdorchiligini bildirib o’tdi va xush kelibsizlar dedi. Biz judayam xursandmiz shunday chiroyli shahar Andijonda mehmon ekanligimizdan. Bizni ko’rgazmamiz Andjonda namoyish etilayotganidan judayam hursandmiz. Bu ko’rgazmani mavzusi “UMDENKEN” ya’ni “Boshqacha fikrlash” deb nomlanadi.Bu ko’rgazmani maqsadi tabiiy boyliklarimizdan tejamkorlik bilan foydalanish va barqaror holatda ushlab turish.Ko’rgazma bizga xozirgi mavjud muammolarga boshqacha yechim topishga yordam beradi.”Boshqacha fikrlash” bu shunchaki o’ylash emas fikrlashni o’zgartirish va muammolarga boshqacha yondashuvni o’rgatadi. O’zgarish faqat davlat va jamiyatni o’zgarishi emas balki o’zimizni o’zgartirishni boshlashimiz kerak. O’zimizni ichki dunyoyimizni dunyo qarashimizni o’zgartirishimiz kerak. Ko’rgazma bizga to’rt hil elementda taqdim etiladi. Bular “Yer”,”Suv”,”Xavo”,”Olov”. Bu elementlar bizga qabul qiluvchi balki ulardan foydalanish imkonini beradi.Ko’rgazma aslida Nemischa lekin uni O’zbekcha va Ruscha tarjimalari bor.Bu yerda visual ya’ni rasmli elementlar bor.Uni faqat ko’rib tushina olish mumkin.Bu oddiy.So’zim oxirida shuni aytmoqchimanki bu ko’rgazma nafaqat Andijonda balki “Toshkent” va “Moskva “ shaxarlarida ham bo’lib o’tdi.Bu ko’rgazmalar davomida Toshkentda 2000 Moskvada 3000 ga yaqin odamlar qatnashdi.

Nishonov Jamshid

Avtomatika va elektrotexnika fakulteti

EEE yo’nalishi 2 kurs 215-gurux talabasi