Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi PQ-3306-son qarori ijrosiga asosan “Kurash” milliy sport turini talabalar o’rtasida yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ushbu qarorni  amalga oshirish maqsadida, Andijon mashinasozlik instituti “Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri X.Xaydarova tashabbusi bilan 2018 yil 2 may kuni o’tkazilgan “Kurash” milliy sporti musobaqasi Viloyat institutlari o’rtasida  bo’lib o’tdi.

Xalqaro, Respublika va Viloyat musobaqalari chempionlari xamda kurash milliy sporti xavaskor talabalari, milliy kurashning “Belbog’li” va “Xalqaro” kurash turlari bo’yicha gilamda bellashdilar. Musobaqani institut rektori tabrigi bilan Akademik litsey va kollejlar bo’yicha prorektor A.Ermatov ochib berdi.

Musobaqada Andijon Davlat Universiteti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon qishloq xo’jaligi instituti xamda Andijon mashinasozlik instituti  talabalari ishtirok etdilar. Qiziqarli va ko’tarinki ruxda o’tgan musobaqada:

Belbog’li kurash  bo’yicha      60kg vazn toifasida

1-o’rinni Nosirov Xusan  “Mashinasozlik»  fakulteti

2-o’rinni  Qo’chqarov Muxamadali  “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti

3-o’rinni Muxammadshokirov Bobir  Andijon Davlat Universiteti

70 kg vazn toifasida

1-o’rinni Saidkamolov Javoxir Andijon mashinasozlik instituti “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti talabasi

2-o’rinni Xosilbekov To’lanboy Andijon davlat universiteti talabasi

3-o’rinni Abduvaliyev Alibek Andijon davlat tibbiyot instituti

80 kg vazn toifasida

1-o’rinni Azimov Rufatmirzo   Andijon davlat universiteti talabasi

2-o’rinni SHavkatbekov Doniyor Andijon qishloq xo’jalik instituti

3- o’rinni Dadajonov Ziyovuddin Andijon davlat tibbiyot instituti

+90 kg vazn toifasida

1-o’rinni Jo’raev Jaxongir Andijon qishloq xo’jaligi instituti

2-o’rinni Raxmonov Joxongir Andijon davlat tibbiyot instituti

3- o’rinni Karimov Islom Andijon davlat universiteti

Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari g’oliblar bilan

          Xakamlar: Andijon “Belbog’li kurash” bo’yicha ijrochi direktori SH.M.Avazbadalov, Andijon davlat tibbiyot instituti murabbiyi O.B.Karimov, Andijon qishloq xo’jalik instituti murabbiyi O’rinboyev Qudratillo, Bo’taboyev Mashxur, Andijon davlat universiteti    “Belbog’li kurash”   bo’yicha murabbiy Xakimov SHoyat,  Mirzakarimov Xayot, “MPP” kafedrasi mudiri X.Xaydarova, katta o’qituvchilari G’oziyev Xamidjon, To’xtanazarov Qaxramonjon, Zaynobiddinov Dilshodbek, assistentlar Qambarov Kozimjon, Vaxobov Faxlavon, Xaitov Azamatjonlar olib bordilar.