Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlintirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mustaqil Vatanimizning avtomobilsozlik sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi Oliy ta’lim muassasalari va Respublikamizning yetakchi korxonalari hamda kasb-hunarga o’qitish markazlari zimmasiga yuklatilgan.

       Ushbu ishni amalga oshirish borasida 2018 yil 27 aprel kuni Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent shaxridagi “Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi” bilan tuzilgan XSH-01-/2018-sonli shartnomaga asosan dastlabki seminar o’tkazildi. Seminarda Andijon mashinasozlik instituti “Avtomobilsozlik” kafedrasi assistentlari Z.Aysacheva va D.Mo’ydinov hamda ushbu institutning amaliyotchi talabalari, shuningdek, “Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi”ning malakali xodimlari bilan birgalikda va Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti talabalari faol ishtirok etishdi.

       Seminar “Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi”ning xodimi X.Karimovning “Markaz maqsadi va faoliyati” to’g’risidagi taqdimot bilan boshlandi. Ishtirokchilar taqdimotni qiziqish bilan kuzatdilar va o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Shundan so’ng, Andijon mashinasozlik instituti “Avtomobilsozlik” kafedrasi assistenti, Zilola Aysacheva o’zining faoliyat yuritayotgan instituti haqidagi umumiy ma’lumotni taqdimot asosida ishtirokchilarga havola qildi. Taqdimotdan seminar ishtirokchilari to’laqonli ma’lumotga ega bo’ldilar. Seminar davomida Andijon mashinasozlik instituti “Avtomobilsozlik” kafedrasi assistenti D.Mo’ydinov “Avtomobilsozlik” kafedrasi faoliyatiga doir taqdimot videoroligini namoyish qildi.

       Shuningdek, ushbu institutning “Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi”ga bitiruv amaliyotini o’tash uchun kelgan “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 4-kurs 132-14 guruh talabasi I.Qutbiddinov o’zining amaliyoti o’tash davomida egallagan bilim va kunikmalari natijalari yuzasidan taqdimot qildi. O’tkazilgan seminar qiziqarli va mazmunli o’tdi.