Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Tojigisiton Respublikasining Sug’d viloyati Yoshlar va sport boshqarmasi tashabbusi bilan 2018 yil 28-29 aprel kunlari Tojigiston Respublikasida 2018 yil – “Turizmni rivojlantirish va hunarmandchilik yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan sportning “Belbog’li kurash” turi bo’yicha Istaravshon shahrida 18 yoshdan yuqori bo’lgan sportchilar o’rtasida o’tkazilgan Xalqaro turnirda institutning Avtomatika va elektrotexnika fakulteti 3-bosqich talabasi Javoxir Saidkamolov muvafaqqiyatli ishtirok etib, faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi hamda Istarafshon shahri boshqaruv Kengashi raisi M.Karimzoda tomonidan oltin medal, 1-darajali diplom, qimmatbaho sovg’alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  

     Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari va talabalari jamoasi nomidan Avtomatika va elektrotexnika fakulteti 3-bosqich talabasi Javoxir Saidkamolovni musobaqada g’oliblikni qo’lga kiritganligi munosabati bilan muborakbod etamiz va kelgusi sport muobaqalarida ham muvafaqqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrog’ini bundanda yuksaklarga ko’taradi deb ishoch bildiramiz hamda uning ustoz va murabbiylariga o’z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

 

Quyida musobaqaning final bosqichidan fotolavhalar keltirilgan: