Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazining 2018 yil 26 apreldagi №84-01-1171 sonli topshiriqnomasiga hamda Vazirlikning 2018 yil 30 apreldagi №87-04-591 sonli xatiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o’qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom”da belgilangan vazifalar ijrosini sifatli amalga oshirish uchun Respublika hududlarida, shu jumladan Andijon viloyatida ham  2018 yil 30 apreldan 02 maygacha test sinovlarida guruh nazoratchilari sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan pedagog xodimlar uchun seminar mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

Mazkur seminar mashg’ulotlari har kuni soat 14:00da Andijon Davlat universitetida  DTM vakillari: I.SHokirov, J.Babajonov, N.Tashtemirov, R.Azimov, E.YUldashevlar tomonidan olib borilmoqda. Mazkur seminar mashg’ulotlarni o’tkazish uchun har bir auditoriya  1 ta kompyuter jamlamasi, 1 ta proyektor, 1 ta kolonka va tasvirga yozish uchun 2 ta kamera bilan jihozlangan.

 Andijon mashinasozlik institutidan  2018-2019 o’quv yili uchun o’qishga qabul qilish bo’yicha o’tkaziladigan test sinovlarida Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilari sifatida  ishtirok etishi rejalashtirilgan 86 nafardan iborat pedagoglar O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov, o’quv bo’limi boshlig’i M.Jo’raxonov, “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekani T.Turg’unovlar mas’ulligida seminar mashg’ulotlariga jalb etildi.