Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2018-yil 25 aprel kuni Andijon mashinasozlik institutida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi, hamda O’zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti, “Texnologik mashina va jihozlar” yo’nalishi 2-kurs 198-16 guruh talabasi Rahimova Shoxsanam Avazbek qizi O’zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi tizimidagi sanatoriyaga yo`llanma beruvchi tanlovda ishtirok etib tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etib faxrli birinchi o’rinni egallab Chimyon sog`lomlashtirish sihatgohiga bepul yo`llanmani qo`lga kiritdi. Shu munosabati bilan institut talabalari o’rtasida taqdirlash marosimi o’tkazildi.

     Tadbirda institutmiz xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi T.O.Almatayev taqdirlash marosimini ochib berdi va Rahimova Shoxsanamxonga o`qish va ishlarida omadlar tiladi hamda tengdoshlariga u erishgan yutuqlari haqida qisqacha so`zlab berdi va so`z navbatini O’zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining yoshlarmasalalari bo`yicha maslahatchisi Matisayev Mansurjonga berdi hamda Matisayev Mansurjon talabalarga O’zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi o`zi qanday tashkilot? Maqomi qanday? Nima uchun tuzilgan? degan savollarga tolaqonli javob berdi. Hamda bundan keyin ham bunday musobaqalar bo`lishi va talabalarni unda faol ishtirok etishini so`rab o`z fikirlarini tamomladi.

 

     Institut o`quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov  Rahimova Shoxsanamxon Avazbek qizining erishgan yutuqlari bilan tabriklab unga sihatgohga bepul yo`llanma beruvchi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi va unga omadlar tiladi.

     “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti dekani M-A. Eshonov talabalarga bunday yutuqlarga  sizlar ham erishishingiz kerak deya ta`kidladi va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi va xar bir soniyani bekor o`tkazmaslik haqida aytib o`tdi. Rahimova Shoxsanamxonni do`stlari qutlab unga o`qish va ishlarida omadlar tiladi.