Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 01 may kuni Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchi talabalari Toshkent shaxridagi “Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi” bilan tuzilgan №XSH-01-/2018-sonli shartnomaga asosan bitiruv oldi amaliyotini ushbu markazda olib borish jarayonlari davomida o’zlarining ochiq darslarini o’tkazdilar. Ochiq dars biriktirilgan amaliyot rahbari assistent Z.Aysacheva mas’ulligida amaliyotchilar S.Sulaymonov va X.Kamoldinovlarning “O’zbekiston avtomobilsozligi va uning istiqbollari” mavzusida bo’lib o’tdi.

Ochiq darsda “Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi” raxbari B.X.SHarapov, Markaz “Tashkiliy, huquqiy ishlar” bo’yicha mutaxassis M.Norova, “Avtomobilarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish” kafedrasi mudiri  F.Umerov, Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchi talabalari hamda markaz o’quvchilari ishtirok etishdi.

Amaliyotchi X.Kamoldinov o’zining bilim va ko’nikmalariga tayangan holda mavzuga doir kerakli ma’lumotlarni ochiq dars davomida ishtirokchilarga berib o’tdi. SHuningdek, amaliyotchi “O’zavtosanoat” AK faoliyatini keng yoritib bera oldi.

“Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi” raxbari B.X.SHarapov ochiq dars mavzusini va amaliyotchi to’xtalib o’tgan ma’lumotlarni ijobiy baxoladi.