Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida “Debators Union” klubining navbatdagi debat-uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvni institut ilmiy ishlar bo`yicha prorektori B.Mamajonov ochib berdi va iqtidorli talabalarga muvaffaqiyat tilab, UzTEA (O`zbekiston Ingliz tili O`qituvchilari Assotsatsiyasi) simpoziumida faol qatnashib kelgan N.Abdumo`minova, B.Xamdamov, F.Abdurahmonov, M.Hamidovlarni sertifikat bilan taqdirladi. Shu bilan birga institut miqyosida ingliz tili fan olimpiadasida faol ishtirok etgan talabalar va 1-2-3-o`rinlarni egallagan talabalar institut rektorining diplomi bilan taqdirlandi. Olimpiada natijalariga ko’ra “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti TJICHAB yo`nalishi 266-guruh talabasi U.Sobirov 1-o`rin, MSMSM yo`nalishi 169- guruh talabasi M.Ikromov 2-o`rin, AT yo`nalishi 250- guruh talabasi A.Zokirjonov va YUTT yo`nalishi 167-guruh talabasi M.Xamdamjonova 3-o`rinni egallaganliklari sababli Buxoro davlat universitetida o`tkaziladigan fan olimpidasi Respublika bosqichiga yo`llanma oldilar.

Shundan so`ng  TJICHAB yo`nalishi 266-guruh talabasi U.Sobirov va TMJ yo`nalishi 155-guruh talabasi U.Yusupov o`rtasida “Presidential debate” o`tkazildi. Ishtirokchilarning fikriy xilma-xilligi va do’stona muhokamasi debatga o’zgacha ruh olib kirdi. “Tortishuvlarga boy” tarzida o’tgan debat do’stlikning g’alabasi bilan yakunlandi.

Debat so’nggida hakamlar hay`ati a`zolari hamda Institut “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari yakuniy so’zga olib, bo’lib o’tgan debat haqida o’zlarining fikrlarini boshqalar bilan bo’lishdilar. Professor-o’qituvchilar yakuniy so’zlarini aytar ekan, “Debaters Union” a`zolari hamda mazkur uchrashuv tashkilotchilariga o’qish va ishlarida omadlar tilab, bunday mazmundor va har tomonlama foydali debat-uchrashuvlar ko’pdan ko’p tashkil etish barcha uchun zarurligini ta`kidladilar.