Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan iqtidorli qizlarni jalb etgan holda, Andijon mashinasozlik institutidagi professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir institutning katta anjumanlar zalida bo’lib o`tdi. Tadbirda Andijon Davlat universiteti Boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi raisi Umidaxon Axmedova, institut Boshlang’ich Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, Ma`naviyat bolimi boshlig`I M.Holiqova,institut olima ayollar uyushmasi raisi M.Umarova, fakultet dekan o’rinbosarlari G.Yusupova, G.Sotvoldiyeva, G.Sattiqulova, fakultet xotin-qizlar kengashi raislari, o`qituvchi ayollar va talaba qizlar qatnashdilar.

 

 

      Uchrashuvga Andijon viloyatidan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar Andijon farzandlari, yurtning faxri, yulduzi,  iqtidorli qizlari Axmedova Dilrabo va Obidjonova E’zozalar tashrif buyurdilar.

 

     Uchrashuv davomida Dilrabo va Ezozalar o’zlarining yutuqlarini, shunday ulug’ baxtga erishguncha bosib o’tgan yo’llarining tavsilotlarini o’zlari bilan keltirgan videolavhalar orqali talaba yoshlarimiz bilan o’rtoqlashdilar. Talaba yoshlar bergan savollarga Dilrabo va Ezoza tomonidan dillarga huzur baxshiyda etuvchi javoblarni oldik. Cheksiz quvonchlarini  ustoz va dugonalari bilan baham ko’rish niyatida kelgan qizlarimizga barcha havas qildi. Sababi ular Mamlakatimiz Prezidentining o’z qollaridan ulug’ mukofot va sovg’alarini qabul qilibgina qolmay yuzma-yuz turib tabrik va tilaklarini eshitish baxtiga musharraf bo’ldilar.  Yoshlarga berayotgan imkoniyatlardan to’liq foydalanib mana shunday iqtidor egalariga ergashihga talaba qizlar o’z vadalarini berdilar. Tadbir so’nggida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan qizlarimizga institut rektori O’.R.Salomovning tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi.