Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Bo‘ston” akademik litseyining 3-kurs bitiruvchilariga institut “Mashinasozlik fakulteti” binosida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda litseyning 3 nafar pedagog-o‘qituvchisi hamda 120 nafar bitiruvchi o’quvchilari ishtirok etdilar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ermatov, bo‘limi boshlig‘i Q.Saydaliev, “Avtomobilsozlik” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Qosimov, “Umumtexnika” fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Xadjaeva va assistent B.Ibragimjanovlar tomonidan institutdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yangi laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan o’quv xonalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va hozirgi kunda talabalarning erishgan yutuqlari, ularning ishlanmalari hamda institut qoshida faoliyat olib borayotgan “Texnologiyalar markazi” tayyorlov kurslari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib o’tildi. Tadbir yakunida institut professor-o’qituvchilari tomonidan litsey bitiruvchilarining qiziqtirgan savollariga to‘laqonli berdilar.