25 aprel kuni institutning 2018 yil may-iyun oylarida qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan professor-o’qituvchilari uchun kurslarda o’qish va malaka oshirish davomida faoliyatlarini samarali bo’lishligini ta’minlash sinov testlari o’tkazildi.
Institut Axborot texnologiyalar markazi kompyuter zalida 2018 yil may-iyun oylarida qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan 14 nafar professor-o’qituvchilar Prezident asarlari, Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari, Pedagogika va pedagogik texnologiyalar, Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va ingliz tili fanlariga oid savollarni o’z ichiga olgan easy Quizzy dasturida tayyorlangan testlar bo’yicha sinov testlarini topshirdilar.