Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 24 aprel kuni Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining 102-auditoriyasida soat 10-30 da iqtisodiyot yo’nalishi talabalarini soliq idoralariga ishga joylashtirish masalasi bo’yicha davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda Andijon viloyati Soliq boshqarmasi kadrlar bo’limi boshlig’i X.Mo’minov, institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, Marketing bo’limi boshlig’i N.Ibragimov, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti dekani M-A.Eshonov, “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda fakultetning “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabalari ishtirok etdilar.