Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 26 aprel kuni институт “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, “Xorijiy tillar” kafedrasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston Xalq shoiri, nodir iste’dod sohibi, Vatan kuychisi Muhammad Yusuf tavalludining 64 yilligi munosabati bilan “Millatimiz faxri va iftixori” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

       Seminarni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov kirish so’zi bilan ochib berdi hamda so’z navbatini seminar mehmonlariga berdi.

       Seminarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, “Vaziyat” gazetasining Bosh muharriri, Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sohibi, shoir Dilshod Rajabov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo’limi boshlig’i, “Boborahim Mashrab” mukofoti sovrindori, shoir Jamoliddin Muslim, shoir Abduvahob Aliev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Nasibaxon Axmedova, “Oila va jamiyat” gazetasi muhbiri, “Atirgul” tanlovi g’olibi Sanobar Faxriddinova hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo’limi a’zosi, yozuvchi Omina Tojiboevalar ishtirok etdilar hamda o’zlarining ijod maxsullaridan talabalarga o’qib eshittirdilar.

       Tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari tomonidan O’zbekiston Xalq shoiri, nodir iste’dod sohibi, Vatan kuychisi Muhammad Yusufning hayoti va ijodi, uning yaratgan asarlari to’g’risida rus tili va ingliz tillarida ma’ruzalar qilindi.

       Shuningdek, tadbirda shoirning hayoti va ijodiga oid sahna ko’rinishlari, shoirning qalamiga mansub she’rlarga bastalangan kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

      Seminarda 225 nafar talabalar va 40 dan ziyod professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdilar hamda barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.