Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Axborot texnologiyalari sohasi hozirda eng tez rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Yurtboshimiz tomonidan berilayotgan e’tibor ushbu soha rivojlanishi uchun chiqarilayotgan ko’plab farmon va qarorlarda o’z aksini topmoqda. Shu quvonarli holat yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni bu sohaga qiziqishini orttirmoqda. Shu asnoda bugun yurtimizning har bir ta’lim muassasasida ushbu sohaning turli yo’nalishlari bo’yicha ko’plab tanlov va musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda.

Oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida har yili o’tkazib kelinayotgan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasi ham shular jumlasidandir. Ushbu olimpiadaning maqsadi  g’ayritabiiy vaziyatlarda tezkor tafakkur va qarorlarni qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishdir.

Institutda “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan ushbu olimpiadaning dastlabki bosqichi o’tkazildi.

2018 yilning 25-aprel kuni soat 14:00 da “Mashinasozlik” fakulteti kompyuter zalida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining I-bosqichi boshlandi.

Ushbu bosqichda 1-2-kursida tahsil olayotgan 30 dan ortiq talaba ishtirok etdilar.

Olimpiada shartlariga ko’ra har bir talaba avval Codeforces.com saytida registratsiyadan o’tib musobaqaning virtual ishtirokchi sifatida On-line tarzda institut tomonidan tashkil  etilgan Яндекс.Алгоритм 2018, третий отборочный раунд musobaqasida qatnashdilar.

Har bir qatnashchi individual tarzda musobaqada berilgan murakkablik darajasi turlicha bo’lgan 5 ta masalaga dastur tuzdi. Olimpiada ishtirokchilariga  ushbu shartni bajarishga 100 daqiqa (1 soat 40 minut) vaqt berildi. Musobaqa reglamentiga ko’ra soat 15-40 da ushbu bosqich o’z yakuniga etdi.