Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatimizda yoshlarni fidoyi bo’lishga, Vatanni sevish va qadrlashga, uni ardoqlashga o’rgatish, huquqiy savodxonligi, huquqiy madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish bugungi kunda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog’liqligida hisoblanadi. Zero, Vatanimizning rivojlanishi va istiqboli, keng ko’lamda o’tkazilayotgan iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o’zgartirish sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga ham bog’liq.

     Hozirgi globallashuv jarayoni va axborot ko’lami shiddat bilan o’sayotgan davrida qaysi bir jurnalistni fikri e’tiborimni tortdi. “O’zbekistondagi o’zgarishlarga zamon ham ulgurmayapti” ha, bu baland-parvoz gap emas, ayni haqiqat. Bu jarayonlarga xalqimiz nafaqat guvoh bo’lib turibdi, balki ishtirokchisiga ham aylanib ulgurgan. Bu o’zgarishlarni dunyo hamjamiyati ham e’tirof etmoqda. Dunyo jamoatchiligi O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani barobarida ularga yuqori baholarni ham bermoqda. Mamlakatda kechayotgan hozirgi o’zgarishlar, horijlik ekspertlarning fikr bildirishlaricha, nafaqat milliy, balki umumiy xalqaro ahamiyat ham kasb etmoqda. Jumladan, Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri – «Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o’z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o’zgarishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan jahonning birinchi o’n nafar yetakchisi ro’yxatiga kiritdilar. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar fikrimizni yanada asoslaydi.

      Andijon mashinasozlik intsituti Mashinasozlik fakultetida O’zbekitson Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlangan ma’ruza darsi bo’lib o’tdi. Ma’ruzani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muyassar Karimova olib bordi. Bu ma’ruzada Mashinasozlik fakultetining 1-kurs EUTT yo’nalish talabalari ishtirok etdi.

     M.Karimova dastlab Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabr kungi “O’zbekitson Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan birinchi martta Mamlakatimiz parlamenti Oliy majlisiga murojaatnoma”si haqida ma’lumot berdi.

     Bunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o’sib borayotgani, biz navqiron  yosh avlodga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shu maqsadda shakllantrilgan qonunchilik bazasi haqida alohida tushuntirishlar berib o’tdi.

     Yurtimizda har jihatdan yetuk va barkamol shaxsni tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Amaliy ishlar doirasida yosh avlodni hayotga qat’iy e’tiqod va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo’lgan zararli ijtimoiy illatlarga qarshi tura oladigan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish masalasi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisga murojaatnomasida ham bong urib turibdi.

     Ma’naviy jasorat makon ham, zamon ham tanlamaydi. U har qanday vaziyatda ham shaxsning qalbini, ongu shuurini bezovta qilib vijdon amri bilan ish tutishga undaydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisga murojaatnomasi bilan tanishsangiz yurtboshimizni nafaqat ana shunday jasorat sohibi ekanligini anglaysiz, balki shu jasoratni o’zingiz ham xis qilasiz.

     Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev juda ko’p chiqishlarida qilingan ishlardan qoniqish hosil qilmaslik maqsadida o’zi ibrat bo’lib ortiqcha qarsakbozlikka yo’l qo’ymaslik haqida bot-bot ta’kidlab o’tmoqda. Jamiyatimizning barcha jabhalarida bo’layotgan isloxotlar kishini beixtiyor qarsak cholishga undaydi. Zero, qars ikki qo’ldan chiqadi, biz yoshlar o’zimizning a’lo o’qishimiz bilan qarsaklar davomiyligini hosil qilish uchun prezidentimiz murojaatiga labbay deb tura olishimiz darkor.