Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 25 aprel kuni institutning katta anjumanlar zalida “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi bilan hamkorlikda institut talabalari orasida chet tillarini mukammal o’rganish va erkin so’zlashish muloqotini yo’lga qo’yish maqsadida fakultetlararo “Русское слово” quvnoqlar va bilimdonlar tanlovi o’tkazildi.

       Tanlov Nizomga ko’ra jamoalar 4 ta – “Tanishtiruv”, “Tezkor savol-javob”, “Uyga vazifa” hamda “Erkin mavzu” shartlari asosida bellashdilar. Tanlov juda qizg’in hamda munozalarga boy tarzda o’tkazildi va g’olib bo’lgan jamoalar institut rektorining Faxriy Yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda jami 42 nafar professor-o’qituvchilar va 180 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.