2018 yil 23 aprel kuni Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi assistenti A.B.Axmedov Jalaqudiq tuman IIB so’rovnomasiga asosan hududiy profilaktika inspektorlariga “Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi axamiyati” mavzusida master klass o’quv mashg’ulotini olib bordi. O’quv mashg’ulotida barkamol avlodni tarbiyalashda internetning o’rni, butun dunyo miqyosidagi qadriyatlar va madaniyatlar almashinuvi, integratsiyalashuv, globallashuv, sintezlashuv ketayotgan xozirgi zamonda yoshlarni ommaviy madaniyat, turli mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’siriga tushib qolmasliklari va axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanishlari uchun to’g’ri va mukammal ko’rsatmalar berildi.
Jalaquduq tuman IIBda xududiy proflaktika inspektorlariga “Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi axamiyati” mavzusida master klass o’quv mashg’uloti o’tkazildi
Apr 24, 2018 | Yangiliklar
