Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda avtomobilsozlik sanoati uchun  yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida “Avtomobilsozlik” kafedrasi assistenti D.A.Moydinov mas’ulligida Toshkent shaxridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazi bilan XSH-01-/2018-sonli  shartnoma imzolandi.

       Shartnomaga asosan institutning 4-kurs “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishining 6 nafar talabalari 2018 yil 23 apreldan 5 mayga qadar Toshkent shaxridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazida bitiruv oldi amaliyotini o’tamoqdalar hamda o’quv markaz kutubxonasidan samarali foydalanmoqdalar.