Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Buyuk Britaniya Kengashi (British Council) tomonidan tashkil etilgan “TRED” loyixasining so’nggi bosqichda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritgan “Andijon Mashinasozlik Instituti” jamoasi Buyuk Britaniyaning Cumbria universiteti professorlari Jo Chaffer va Andrew Gale lar bilan birgalikda online video konferensiyalarni tashkil etishni boshladi. Joriy yilning 23-aprel kuni soat 15:00 da “Andijon Mashinasozlik Instituti” jamoasi Cumbria universiteti professori Jo Chaffer bilan birgalikda “Project management” yo’nalishida loyixaning “SWOT” taxlili bo’yicha o’z firklari bilan o’rtoqlashdi. Bu online video konferensiyaga Andijon Mashinasozlik Institut jamoasi a’zolari, hamkor korxonalar vakillari, magistrlar va istedodli talabalar ishtirok etishdi. Buyuk Britaniyaning Cumbria universiteti professorlari bilan online video konferensiyalar jadval asosida davom ettirilishini hisobga olgan xolda, video konferensiyaga qatnashish istagini bildirgan talabalar institutning “Xalqaro aloqalar bo’limi”ga murojat qilishlari mumkin.