Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       24-aprel kuni institutning 2018 yil may-iyun oylarida qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan professor-o’qituvchilari uchun kurslarda o’qish va malaka oshirish davomida faoliyatini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida seminar o’tkazildi.

        Seminarda “Proffessor-o’qituvchilarning malaka oshirish tizimi” (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), “Oliy ta’lim normativ – xuquqiy xujjatlari” (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), “Professor-o’qituvchining portfoliosini shakllantirish” (Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti O. Ergashev), “Qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslarida baholash tartibi” (Er usti transporti va tizimlari kafedrasi katta o’qituvchisi U. Xolmatov) mavzularida ma’lumotlar berildi.

         Shu bilan birga ma’ruzachilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslarida o’qishning o’ziga xos jihatlari, o’qish tartibiga oid yig’ilganlarning savollariga javoblar berildi.