Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Andijon viloyat hokimligining 2018 yil 10 apreldagi 11/05-89-sonli “O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 64 yilligini viloyatda keng nishonlash bo’yicha reja-topshiriqlari”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Institutda O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 64 yilligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etish yuzasidan institut rektorining 2018 yil 13 aprel sanasi bilan 220-sonli buyrug’i ishlab chiqildi.

      Buyruqqa asosan, 2018 yil 20 aprel kuni institutning “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti D.Iymanova va katta o’qituvchi N.Buvaqovlar mas’ulligida 30 nafar iqtidorli talabalarni jalb etgan holda O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning uy muzeyiga, shoir dafn qilingan qabristonga hamda Marhamat tumanida joylashgan tarixiy “Mingtepa arxeologik madaniy yodgorligi”ga sayohat uyushtirildi.