Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23-martdagi 212-sonli qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 275-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat universiteti Qorako’l akademik litseyi hamda Buxoro muhandislik-texnologiyalari instituti akademik litseylari o’rtasida Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi bilan ilmiy va o’quv tajribalarini almashish hamda o’zaro hamkorlikni yaxshilash maqsdida ikki tomonlama shartnomalar tuzildi.

Ushbu tuzilgan hamkorlikdan ko’zlangan asosiy maqsad va amalga oshirilishi bo’yicha quyidagilar ko’zda tutildi:

  • Ma’naviy va ma’rifiy ishlar;
  • O’quv-uslubiy ishlar;
  • Ilmiy tadqiqot ishlar;

Bundan tashqari o’zaro hamkorlik shartnomasiga asosan ko’rasatilgan yo’nalishlar bo’yicha tadbir va vazifalarni aniqlashtirish uchun tomonlar har bir o’quv yili uchun qo’shma dasturlar tuzishga va tasdiqlashga kelishib oldilar.

Institut nomidan Akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov hamda institut akademik litseyining Matematika fani bosh o’qituvchisi F.Mamajonovlar Buxoro shahridagi belgilangan ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, tajriba almashinib qaytdilar.