Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida ingliz tili fanidan olimpiada o`tkazildi. Olimpiadani institut o`quv ishlari bo`yicha prorektori Qobiljon Ermatov va Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekani Muxammad-Ayub Eshonovlar ochib berdilar va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar. Olimpiada ishtirokchilar CEFR talablari asosida to`rtta aspect, yani Listening, Writing, Reading va Speaking bo`yicha bellashdilar. Talabalarning ingliz tilidagi bilimlari “Xorijiy tillar” kafedrasining o`qituvchilari tomonidan baholanib borildi. G`olib shu yilning may oyida Samarqand davlat chet tillar institutida o`tkaziladigan olimpiadada ishtirok etish uchun imkoniyatni qo`lga kiritadi.