Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

         

Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar yuzasidan talabalarni xar tomonlama yurish turishodob axloqini nazorat qilish, ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida turli hil mavzular doirasida talabalar bilan guruh murabbiylari ish olib borilmoqda. Fakultet murabbiylari bilan muntazam ravishda yig’ilishlar o’tkazilmoqda.

2018 yil 20 aprel kuni institutning 1-talabalar turar joyida fakultet dekani M-A.Eshonov, dekan muovinlari E.Yulchiyev, G.Sattikulova, fakultet xotin-qizlar raisasi M.Xodjimuxammedova hamda fakultet Iqtidorli talabalar klubi raisi B.Botirov va bir necha guruh murabbiylar ishtirokida “Talaba-qizlarning muammolari hamda ularga talabalar turar joyida istiqomat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda fakultet dekani tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarning mavjud muammolari, taklif va tavsiyalari o’rganildi hamda ularga kerakli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, talaba-qizlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha talabalar turar joyida tashkil etilgan to’garaklarda qo’shimcha Mexanika fani bo’yicha darslarni o’tish taklifi bildirildi. To’garaklarda talaba-qizlarning ishtiroki monitoring qilindi, to’garak rahbarlariga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish, barcha talabalarni qamrab olish xususida fikr-muloxazalar bildirildi. Majlis yakunida fakultet dekani talaba-qizlar taklifini inobatga olib, ular uchun kutubxona tashkil qilinishi haqida institut ARM boshligi R.Mamatov bilan maslahatlashib yechimi topishga so’z berdi. Yig’ilishda jami 34 nafar talaba-qizlar ishtirok etdilar.