Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 19 aprel kuni institutning 1-talabalar turar joyida Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani T.Turg’unov, dekan muovinlari M.To’lanov, G.Yusupova, F.Burxonov hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet kengashi yetakchisi D.G’anijonovlar ishtirokida “Talaba-qizlarning muammolari hamda ularga talabalar turar joyida istiqomat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

      Yig’ilishda fakultet dekani tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarning mavjud muammolari, taklif va tavsiyalari o’rganildi hamda ularga kerakli ko’rsatmalar berildi. SHuningdek, talaba-qizlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha talabalar turar joyida tashkil etilgan to’garaklarda talaba-qizlarning ishtiroki monitoring qilindi hamda to’garak rahbarlariga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish, talabalarni yanada qamrab olish xususida fikr-muloxazalar bildirildi. Yig’ilishda jami 36 nafar talaba-qizlar ishtirok etdilar.