Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“OLIY TA’LIM MUASSASASINING ENG YAXSHI PEDAGOGI” endilikda “DOTSENTLIK” attestati bilan taqdirlandi !

   “OLIY TA’LIM MUASSASASINING ENG YAXSHI PEDAGOGI” tanlovining Respublika bosqichida “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi texnika fanlari nomzodi Umarova Mavluda Nazirovna “MUTAXASSISLIK BO’YICHA ENG YAXSHI PEDAGOG” nominatsiyasining g’olibi bo’ldi.

   Kuni kecha o’tkazilgan institutning kengaytirilgan ilmiy kengashida “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi texnika fanlari nomzodi Umarova Mavluda Nazirovnani institut rektori U.R.Salomov va institut jamoasi Dotsentlik ilmiy unvonini qo’lga kiritganligi bilan tabrikladilar. Rektor U.R.Salomov ushbu yutuq bir necha yillik mehnatlarning samarasi va mevasi ekanligi haqida faxr tuyg’usi bilan gapirib, ilmiy izlanishlarda davom etib kelayotgan jamoadagi yoshlarga yuzlanib ustozlardan o’rnak olishi kerak ekanligini, tinimsiz ilm bilan shug’ullanishlarida ularga metin iroda va sabr-qanoat tiladi.