Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

JAMOA FAXRIYLARIGA E’TIBOR VA HURMAT !

 

     “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining faxriy ustozi texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdurahmonov Abdurashid Ataxonovich 70 yoshga to’lishi munosabati bilan jamoada ustozning tavalludiga bag’ishlangan bayram tadbiri uyushtirildi. Tadbirda viloyatdagi barcha faollar ham qatnashdilar.

            Kuni kecha o’tkazilgan institutning kengaytirilgan ilmiy kengashida faxriy ustoz Abdurahmonov Abdurashid Ataxonovichni jamoasi 70 yoshga to’lishi munosabati bilan institut rektori U.R.Salomov va institut jamoasi tashakkurnoma va estalik sovg’asi bilan taqdirladilar. Yig’ilishda ustozning shogirdlari so’zga chiqib ularning mehnat faoliyatidagi bosib o’tgan mashaqqatli yo’llarini va ularga sodiqlik bilan qilgan yordamlarini faxr bilan yodga oldilar. Faxriy ustoz Abdurahmonov Abdurashid Ataxonovich Andijon viloyatiga birinchi bo’lib texnika yo’nalishidagi oliygohni olib kelishda va ochilishida samarali hissasi bo’lgan sanoqli insonlardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.