Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Vazirlikning 2018 yil 07 apreldagi 87-02-892 modemnomasiga asosan 2018 yil 12 aprel kuni soat 11.30 da Toshkent davlat texnika universitetining “Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Igamberdiyev Xusan Zokirovich tomonidan “Texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishning zamonaviy metodlari” mavzusida Andijon davlat universitetida videodars tashkil etildi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o’rtasida o’tkazilgan ochiq muloqot vaqtida talabalardan tushgan taklif asosida Andijon davlat universitetida bo’lib o’tgan mazkur akademik videodarsda Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi quyidagi tarkib bilan ishtirik etdi:

  • Kurbonov – kafedra mudiri;
  • Rahmatillaev – kafedra katta o’qituvchisi;
  • Kafedraning 3 ta magistranti;
  • Bakalavr yo’nalishidan 3 kurs 176-15 guruh va 2 kurs 221-16 guruh talabalari.

Akademik videodars davomida ishtirokchilar o’zlari uchun kerakli savollarga javob oldilar.