Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan ilmiy seminarda “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” yo’nalishi 1-kurs magistrantlarining ilmiy xisoboti eshitildi.

Seminarda MSMSM kafedrasi professor-o’qituvchilari, institut magistratura bo’limi mudiri dots. N.Qobulova, magistrantlar va talabalar ishtirok etdilar.

Seminar davomida magistrant Yo.Ismoiljonovning “Muhandislik sohasi o’quv jarayonining sifatini oshirishga yo’naltirilgan ta’limning innovatsion modellarini ishlab chiqish orqali bitiruvchilarni ishga joylashishini takomillashtirish”,  magistrant M.Xusanovaning “Mashinasozlik korxonalarida sifat boshqaruv tizimi samaradorligining taxlili” va magistrant S.Maxmudovaning “Mahsulot yetkazishning to’la zanjirida yo’qotishlarni kamaytirish” mavzularida olib borayotgan ilmiy –tadqiqot  ishlari muxokama qilindi.

Seminarda institut magistratura bo’limi mudiri dots. N.Qobulova va kafedra dotsenti Z.Jo’rayevlar so’z olishib, magistrantlarning ilmiy – tadiqoqot ishlari yuzasidan o’zlarining fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Baxs munozaralar bilan o’tkazilgan seminar yakunida, professor-o’qituvchilar tomonidan magistrantlarga kerakli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

 

X.Vasiyev – Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati xodimi