Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Mashinasozlik” fakulteti “Avtomobilsozlik” kafedrasining O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27-iyulda qabul qilinganOliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 3151- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda qabul qilingan “5+1” modeli asosida amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish to`g`risidagi nizomiga asosan, ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Institut pеdagoglari, doktorant va magistrlari, iqtidorli talabalar guruhlari hamda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo`nalishi 1-kurs talabalariga fakultetning ma`ruzalar zalida 2018-yil 7-aprel kuni “GM-Uzbekistan” AJ ning “Xodimlar bopshqaruvi direksiyasi tashkiliy rivojlantirish bo’linmasi” boshlig’i Sh.Yuldashev va “GM-Uzbekistan” AJ ning “Bo`yoqlash sexi” boshlig’i O.Egamberdiyev bilan birgalikda “Bo`yoqlash  sexida bo`yoqlash usullari” mavzusida seminar mashg`ulotini o`tkazdilar.