Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son “ Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoniga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi PF-5389-son Farmonini vazirlik tizimidagi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari xodimlariga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatini tushuntirilishi yuzasidan tayyorlangan materiallar.

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoniga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi PF-5389-son Farmonini Andijon Mashinasozlik institutida oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari va talaba yoshlariga institutning katta anjumanlar zalida va fakultetlar kesimidagi yig’ilishlarda yetkazilib, mohiyati va ahamiyati tushuntirilib o’tildi. YUqoridagi Farmonlarning farqini izohlash uchun tayyorlangan materiallar.

Oldin

  1. O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, YOzuvchilar, Bastakorlar, Me’morlar uyushmalari, «Oltin meros», «Kamolot», «Umid», «Ulug’bek», «Navro’z» jamg’armalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis ztish bo’yicha takliflari ma’qullansin.

          Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga “bittadan” har yili  Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish maqsadga muvofiq deb topilsin.

Hozirda

  1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi «bittadan» so’zi «ikkitadan» so’zi bilan almashtirilsin.
  2. O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, YOzuvchilar, Bastakorlar, Me’morlar uyushmalari, «Oltin meros», «Kamolot», «Umid», «Ulug’bek», «Navro’z» jamg’armalari va keng jamoatchilikning Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis ztish bo’yicha takliflari ma’qullansin.

         Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish maqsadga muvofiq deb topilsin.

Oldin

  1. Belgilab qo’yilsinki:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan, istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida tayinlanadi;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari bo’lgan maktab, litsey, kollej o’quvchilari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.

Hozirda

  1. 2-bandda:
  1. a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi»;

  1. b) to’rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo’lgan o’quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo’nalish va ixtisoslik bo’yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi».

Oldin

  1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, «Ma’naviyat va ma’rifat»jamoatchilik markazi va boshqa tegishli jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ko’krak nishoni hamda diplomi namunasi tasdiqlansin.
  2. 1-band O’zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan, istiqlol g’oyalarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga jami 14 ta beriladi.

  1. 2-band Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorning so’ngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari taqdim etiladi.

Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi respublika xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Hozirda

  1. 1-ilovada:
  1. a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan talabgorlarga beriladi»;

  1. b) 2-bandda:

birinchi xatboshidagi «adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim» so’zlari «ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik» so’zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi «respublika xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi» so’zlari «O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi huzuridagi» so’zlari bilan almashtirilsin.

Oldin

  1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga, mukofot komissiyasi to’g’risidagi Nizom 2-ilovaga va komissiya tarkibi 3-ilovaga*muvofiq tasdiqlansin.
  2. 2-ilovaning 1-bandi- O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (bundan keyin «Komissiya» deb ataladi) adabiyot, san’at, fan, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari hamda madaniyat muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har to’rt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda tasdiqlanadi. Mazkur komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.

Hozirda

  1. 2-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (keyingi o’rinlarda Komissiya deb ataladi) ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim, madaniyat va sport muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har to’rt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar».