Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-son qarori hamda  2018 yil 23 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylarga umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini tanlab olish, o’qishga qabul qilish, ularning o’qishini ko’chirish va o’qishdan chetlatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 212-sonli qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 275-sonli buyruqlar ijrosini yuzasidan AL va KHKlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatov va “Fizika va kimyo” kafedrasi mudiri G.Umarova, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri N.Mirzaevalar tomonidan  Institut akademik litseyining pedagog-o’qituvchilariga yig’ilish o’tkazildi. Ushbu qaror va buyruqlarning mazmun-mohiyati, uni o’z vaqtida ijrosini ta’minlash borasida o’zlarining tushunchalari va qo’llaniladigan chora-tadbirlar to’g’risida topshiriqlar berdilar.

Bundan tashqari Akademik litseyga institut tomonidan iqtisodiy ko’mak maqsadida 100 000 000 (yuz million) so’mlik pul mablag’lari ajratildi.

 Institut tomonidan biriktirilgan mas’ullarga akademik litsey yotoqxonasini doimiy nazorat qilish vazifalari yuklatildi.

Akademik litsey bitiruvchilari onlayn test topshirishga tayyorlash maqsadida institutning kompyuterlar zalida bosqichma-bosqich   test o’tkazilishi rejalashtirildi.

Akademik litsey o’quvchilariga imtiyozli ovqatlanish tartibi joriy qilinishi ta’kidlandi.

Informatika va ingliz tili o’qituvchilarini institut professor-o’qituvchilari bilan tajriba almashish kerakligini belgilab qo’yildi.